Özbekistonda «Fuqarolar Özbekiston Respublikasi prezidenti töğrisida» mavzusida jamoatçilik fikri sörovi ötkazildi. 

Jamoatçilik fikri sörovi 2018 yil 18 - 21 may kunlari ötkazildi. 18 va undan katta yoşdagi respondentlar söraldi, ularning 49,3 %i erkaklar va 50,7%i xotin-qizlar.

Jamoatçilik fikri sörovlarining körsatişiça. fuqarolarning mutlaq köpçiligi, ya'ni 91,9%i Şavkat Mirziyoyevning Özbekiston Respublikasi prezidenti lavozimidagi faoliyatini yuqori baholaydilar. Uşbu körsatkiçlar 2017 yilning oktabridan 2018 yil may oyigaça 2.6%ga ösdi. Özbekistonliklar siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi islohotlar siyosatning asosiy yönalişlarini qöllab-quvvatlaydilar. Fuqarolarning fikriça, mamlakat prezidentining rahbarligida davlat va jamiyatni har tomonlama va jadal rivojlantiriş, fuqarolarning farovonligini oşiriş uçun samarali şart-şaroitlar yaratilgan.

Fuqarolarning mutlaq köpçiligi - 92,5%i mamlakat prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan ötkazilayotgan siyosat aholining orzu va umidlarini töla darajada oqladi, deb hisoblaydi. Özbekistonliklarning fikriga köra, davlat rahbari tomonidan davlat xizmati faoliyatining samaradorligini oşiriş, sud hokimiyatining mustaqilligini ta'minlaş, milliy xavfsizlik organlari tizimini tubdan isloh qiliş, faol tadbirkorlikni rivojlantiriş uçun qulay huquqiy-taşkiliy şart-şaroitlarni yaratiş, innovatsion ğoyalar va texnologiyalarni joriy qiliş, şuningdek, tadbirkorlik sub'yektlarining faoliyatiga noqonuniy aralaşuvlardan himoya qiliş va ularning oldini olişning huquqiy kafolatlari va mexanizmlarini yanada takomillaştiriş, soliq va bojxona sohalarini, bank-moliya tizimini rivojlantiriş, agrar sohani isloh qiliş hamda ijtimoiy himoyalaş tizimini yanada takomillaştiriş va ijtimoiy uy-joy qurilişni kengaytiriş borasida körilayotgan çora-tadbirlar fuqarolarning orzu-umidlariga mos keladi.

Sörov  natijalari mamlakat prezidenti rahbarligida amalga oşirilayotgan taşqi siyosatning mamlakat fuqarolari tomonidan yalpi qöllab-quvvatlanişidek şak-şubhasiz  haqiqatni tasdiqladi. Sörov iştirokçilarining mutlaq köpçiligi, ya'ni 92,2%ining hisoblaşiça, Özbekiston keyingi vaqtda jahon hamjamiyatidagi mavqeini sezilarli darajada mustahkamladi. Mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikni mustahkamlaş masalalarini hal qilişda jiddiy natijalarga erişdi, ham yaqin, ham olis xorij mamlakatlari bilan xalqaro iqtisodiy hamkorlikni amalga oşirmoqda, siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, ilmiy-texnikaviy sohalarda özaro foydali aloqalarni faol rivojlantirmoqda.

Jamoatçilik fikri sörovi Özbekiston Respublikasi prezidenti  Şavkat Mirziyoyevga aholining yuksak işonçi darajasini va davlat Rahbari «Faol tadbirkorlik. innovatsion ğoyalar va texnologiyalarni rivojlantiriş yili» Davlat dasturi doirasida amalga oşirayotgan siyosatning özbekistonliklar tomonidan har tomonlama qöllab-quvvatlanayotganligini namoyiş qildi. Olingan sörov natijalarining körsatişiça. Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev fuqarolarning orzu-umidlarini oqladi, u xalq örtasida katta obro‘ va işonçga sazovor, mamlakatning aholi tomonidan mutlaq köllab-quvvatlanayotgan yetakçisi hisoblanadi.