«Liverpul» hujumçisi Muhammad Saloh «Real»ga qarşi Çempionlar Ligasi final öyinidan oldin, Ramazon rözasini töxtatib turişga qaror qildi. Bu haqda «Sovetskiy sport» xabar bermoqda.

«Marbelyada yiğin ötkazganimizda, Saloh Ramazon rözasini tutayotgan edi. Ammo, payşanba, juma, öyindan oldingi va öyin kuni Ramazon rözasini töxtatib turişga qaror qildik. Finaldan söng, u röza tutişni davom ettiradi», — deb jamoa fizioterapevti Ruben Pons sözlarini keltirmoqda A Bola.

Şuni ta'kidlab ötiş joizki, Islom dini safarga çiqqan odamlarga bir qança yengilliklarni, xususan, namozni qisqartiriş va rözani töxtatib turiş imkoniyatini beradi. 

Avvalroq, Misr muftiysi Şavqiy Allam jahon çempionatida iştirok etiş uçun Rossiyaga yöl olgan Misr terma jamoasi a'zolari rözani keçiktirişi mumkinligi haqida fatvo bergan edi.