Rossiya prezidenti Vladimir Putin joriy prezidentlik muddati yakunlangandan keyin öz lavozimidan ketişini tasdiqladi. Unga bu haqdagi tegişli savol Peterburgdagi iqtisodiy forum doirasida berilgan. Putin bunga javoban avvalgidek konstitutsiyaga töliq rioya qilişga va'da bergan.
“Konstitutsiyada “qatorasiga ikki martadan köp emas”, deb yozilgan. Mana hozir men ikkinçi muddatni ötayapman”, deb aytgan Putin xalqaro axborot agentligi rahbarlari bilan uçraşuvda.
U faoliyati davomida ikki marta prezident bölganini, biroq keyin bu lavozimni tark etganini, çunki konstitutsiya unga 3-muddatga saylanişga ijozat bermaganini eslatib ötgan.
Avvalroq Putindan uning 2030 yildagi prezidentlik saylovlarida iştirok etişi haqidagi söralgan.
“Keling hisoblab çiqamiz, men nima bu lavozimda 100 yoşgaça ötiramanmi? Yöq”, deb javob qilgan Putin.
2030 yilda Vladimir Putin 77 yoşga töladi.












