Albaniya muxolifatining minglab tarafdorlari mamlakat boş vaziri Edi Ramaga qarşi namoyişlar ötkaziş uçun poytaxt Tirana köçalariga çiqişdi.
ABC xabariga köra, namoyişçilar hukumat rahbarining iste'fosini talab qilişmoqda. Ularning fikriça, Edi Rama uyuşgan jinoyatçilikka aloqador.
Xabar qilinişiça, politsiya bilan töqnaşuvlar röy bergan: namoyişçilar huquq-tartibot organlari xodimlari tomon toşlar va butilkalar uloqtirişgan, hukumat binolarini şturmdan himoya qilayotgan 11 nafar politsiyaçi turli darajada jarohatlar olişgan.













