27 may kuni Kolumbiya fuqarolari yaqin 4 yilga yangi prezidentni saylaşadi.
Mamlakat milliy saylov kengaşi ma'lumotlarga köra, saylovlarda 36,2 mln kişi iştirok etiş huquqiga ega. Aynan ular bu lavozimga da'vogarlik qilayotgan 6 nomzoddan birini tanlaşadi
Tahlilçilarning fikriça, saylovlarning 1-bosqiçida ğalaba uçun zarur bölgan 50 foiz + 1 ta ovozga heç qaysi bir nomzod erişa olmasligi ehtimoli katta. Bu esa yangi prezidentning nomi 17 iyunda 2-bosqiç bölib ötgandan keyin ma'lum bölişini anglatadi.
Prezident lavozimiga öng kuçlar vakili Ivan Duke, poytaxt Bogotaning sobiq meri Gustavo Petro, Kolumbiya liberal partiyasidan Umberto de la Kale, “Kolumbiya” koalitsiyasidan Serxio Faxardo, mamlakatning sobiq prezident örinbosari Xerman Vargas Leras va sobiq senator, nasroniy pastor Antonio Truxilo da'vogarlik qilmoqda.
Saylovlarda Kolumbiya inqilobiy qurollangan kuçlari nomzodi Rodrigo Londono Eçeverri ham iştirok etmoqçi bölgan, biroq infarktga uçragandan keyin saylovlardan öz nomzodini olgan.












