Misr ma'muriy sudi şanba kuni quyi instansiyaning YouTube videoxostingini bir oyga bloklaş haqidagi qarorini tasdiqladi. Bu musulmonlar tuyğularini haqoratlovçi filmdan kadrlar e'lon qilingani sababli röy berdi, deb xabar bermoqda "Al-Ahram" mahalliy naşr.

Avvalroq, misrlik advokat Muhammad Salom sudga ariza berib, Misr hududida YouTube’ni bloklaşni talab qildi. Bu videoxosting payğambar Muhammad S.A.V. hayoti haqida haqoratlovçi şaklda hikoya qiluvçi filmdan kadrlar öçirib taşlamagungça yuz berişi aytilgandi. Advokat mamlakatda şunday kadrlarni körsatuvçi barça resurslar taqiqlaşni talab qildi. Uning fikriça, ular dinlararo mojarolarni yuzaga keltirişi mumkin.

Sudning dastlabki qaroriga köra, YouTube’ni bloklaş bilan milliy aloqa boşqarmasi şuğullanişi kerak. Biroq, boşqarma apellyatsiya berib, YouTube’ni bloklaş qiyin ekanini aytgan.