"Real Madrid" hamda "Liverpul" örtasidagi 2017/18 yilgi Çempionlar Ligasi finali öz nihoyasiga yetdi. Gollarga boy bölgan uçraşuv madridliklarning 3:1 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.

Dastlab 51-daqiqada Benzema hisobni oçdi. Oradan 4 daqiqa ötib, Mane farqni yöqqa çiqardi. 64- va 83-daqiqalarda Beyl urgan gollar "Real"ga YeÇLning 13-kubogini taqdim etdi. 

Şu tariqa "Real" tarixida 13-marotaba, qatorasiga esa 3-bor Çempionlar Ligasini qölga kiritib, öz rekordini yangiladi. 

Real Madrid Ispaniya – Liverpul Angliya 3:1

Gollar: 1:0 – 51 Benzema, 1:1 – 55 Mane, 2:1 – 64 Beyl, 3:1 – 83 Beyl.
Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Karvaxal (Naço, 37), Ramos, Modriç, Kazemiro, Isko (Beyl, 61), Kroos, Ronaldu, Benzema (Asensio, 89).
Liverpul – Karius, Lovren, Robertson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Firmino, Veynaldum, Salax (Lallana, 30), Milner (Djan, 83), Mane, Xenderson.
Ogohlantirişlar: Mane (82).

Foto: Twitter/ChampionsLeague
Foto: Twitter/ChampionsLeague
Foto: Twitter/ChampionsLeague
Foto: Twitter/ChampionsLeague