Şri-Lankaga yopirilgan töfon va kuçli suv toşqinlari oqibatida halok bölganlar soni 19 nafarga yetdi, bu tabiiy ofat 128 ming kişining turmuş tarziga ta'sir qilgan.
Bundan avvalroq suv toşqinlari 11 kişining hayotiga zomin bölgani haqida xabar berilgandi.
«Sinxua» agentligi mamlakat Tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etiş markazi raisi Pradip Kodippiliga asoslanib bergan xabariga köra, 55 mingdan ortiq kişi öz turar joylarini tark etişga majbur bölgan.
Şri-Lankada har yilgi musson yomğirlari davri kirgan. Meteorologiya xizmatlari ayrim hududlarda yoqqan yomğir hajmi 150 millimetrga yetişi mumkinligidan ogohlantirgan.












