Buker mukofotining maxsus hay'ati 1969 yildan buyon şu mukofotni qölga kiritib kelgan eng yaxşi asarlarni tanlab oldi, sönggi röyxatdan beş kitob örin oldi. Toronto Star şu haqida xabar berdi. 

Manbaga köra, quyidagi kitoblar sönggi 50 yilning eng sara asarlari deya e'lon qilingan: 

  1. "Angliyalik bemor", Maykl Ondatjye;
  2. "Börilar zali", Xilari Mentel;
  3. "Oy yölbarsi", Penelopa Layvli;
  4. "Bardodagi linkoln", Jorj Sonders;
  5. "Erkin davlatda", Vidiadxar Naypol.
Maykl Ondatjye

Ğolib oçiq ovoz beriş yöli bilan aniqlanadi. Natijalar 8 iyunda e'lon qilinadi.

Buker mukofotiga 1986 yilda asos solingan bölsa-da, uni 1969 yildan boşlab topşira boşlaşgan. 2014 yilga qadar 50 ming funt sterling miqdoridagi mukofot pulini faqat Buyuk Britaniya, Irlandiya va Britaniya hamdöstligi mamlakatlari fuqarolari olişi mumkin edi. Bugunga kelib esa ingliz tilida yozilgan har qanday mamlakat yozuvçisining asari bu mukofotga da'vogarlik qilişi mumkin.