Xalqaro Buker mukofoti rossiyalik milliarder Igor Buxman şarafiga Buxman nomidagi xalqaro Buker mukofoti deb nomlanadi, deyiladi mukofot saytida.
Tadbirkorning familiyasi uning Bukhman Philanthropies xayriya taşkiloti keyingi ön yil davomida mukofotni moliyalaştirişga va’da berganidan keyin nomga qöşildi. Ğolib uçun mukofot jamğarmasi ikki baravarga - 50 ming funtdan 100 ming funtgaça oşirildi.
Xalqaro Buker mukofoti ingliz tilida yozilmagan, ammo ingliz tiliga tarjima qilingan va Buyuk Britaniya yoki Irlandiyada naşr etilgan badiiy asar uçun beriladi. Mukofot 2004 yilda joriy etilgan.
Igor Buxmanning boyligi — 13,6 milliard dollar. U (ukasi Dmitriy bilan birga) öyin giganti Playrix kompaniyasi hammuassisi. Aka-uka biznesni Vologdada boşlagan, ammo 2010-yillarning örtalaridan beri Playrix ştab-kvartirasi Irlandiyada joylaşgan. Ukrainadagi uruş boşlanganidan keyin kompaniya Rossiyadagi faoliyatini töxtatdi.

















