Toshkentdan Moskvaga uchgan samolyot qum bo‘roni tufayli ushlanib qoldi
«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasining «Toshkent-Urganch-Moskva» yo‘nalishidagi reysi 4,5 soatga ushlanib qoldi. Aviakompaniya matbuot xizmati bunga O‘zbekiston shimoli-g‘arbida kuzatilayotgan qum bo‘roni sabab bo‘lganini ma'lum qilgan.
Aviatashuvchining ma'lumotiga ko‘ra, Toshkentdan Urganch orqali Moskvaga tomon harakatlangan NU-55 reysi poytaxtdan mahalliy vaqt bilan soat 10:00da uchgan, samolyot qumli bo‘ron tufayli Urganchga bora olmagan va Buxoro aeroportiga qo‘nishga majbur bo‘lgan.
«Ayni vaqtda samolyot Moskvaga tomon parvozni davom ettirmoqda. Reys 4 soatu 30 daqiqaga kechikdi», deyilgan xabarda.
Qum bo‘ronlari sababli «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK «Toshkent-Urganch-Buxoro» yo‘nalishidagi NU-51 reysini Nukusdagi zaxira aerodromi orqali amalga oshirishga majbur bo‘lgan. Bu reys ham 4,5 soatga kechikkan.
Mavzuga oid
20:57 / 23.05.2022
Kuvaytda qum bo‘roni sababli aviaqatnovlar bekor qilindi
14:53 / 16.05.2022
Iroqda qum bo‘ronlari sababli maktablarda mashg‘ulotlar bekor qilindi
19:19 / 05.05.2022
Iroqda qum bo‘ronlari oqibatida besh mingdan ortiq odam jabrlandi
15:48 / 21.12.2021