XVJ Ukrainaga yon bosishdan bosh tortdi
Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) korrupsiyaga qarshi sudni yaratish masalasida Ukrainaga yon bosishdan bosh tortdi. Bu haqda «Apostrof» nashri manbaga asosan xabar qilmoqda.
Ta'kidlanishicha, XVJ va Venetsiya komissiyasi sudyalarni tanlashda so‘nggi so‘zni xalqaro ekspertlar kengashi aytishi kerakligini bildirmoqda. Shu bilan birga, Oliy radaning fikricha, bu masalani Sudyalar oliy malaka komissiyasi hal etishi lozim. Ukrainalik deputatlarning ba'zilari Yevropa instansiyalarini talabini nokonstitutsion, deb atashgan.
Nashr manbasining bildirishicha, tomonlarning hech biri yon bosishni xohlamagan.
«XVJ bizdan yuz o‘girdi. Ular shunday dedi: yoki biz ularning variantini qabul qilamiz, yoki umuman hech narsa bo‘lmaydi. Ular endi muhokama ham qilishni istashmayapti», - dedi u.
Agarda Kiyev XVJdan yangi transh olmasa, mamlakatda defolt xavfi paydo bo‘lishi mumkin. «Apostrof» ma'lumotlariga ko‘ra, Ukraina prezidenti ma'muriyati voqealarning bunday rivojiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vengriya NATOga Ukraina bo‘yicha chaqiriq bilan chiqqandi.
Mavzuga oid
14:48
YeP Ukrainaga yordamni va RFga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga chaqirdi
14:11
Ukrainada RF harbiylarining asirlarni otib tashlashi tergov qilinmoqda
21:07 / 28.11.2024
Putin Ostonadagi chiqishida Zelenskiy ofisiga zarba berilishi mumkinligiga ishora qildi
18:30 / 28.11.2024