«Real» hujumçisi Kriştianu Ronaldu madridliklar rahbariyati tomonidan öziga berilgan yangi şartnoma şartlaridan qoniqiş hosil qilmagan. Bu haqda AS xabar tarqatmoqda.

Naşr ma'lumotiga köra, klub prezidenti Florentino Peres portugaliyalik futbolçiga ötgan mavsumda YeÇL finalida «Yuventus» ustidan qozonilgan 4:1 hisobidagi ğalabadan keyin şartnomani yangilaşni va'da qilgandi. 2017 yil dekabrida, klublar örtasidagi jahon çempionati vaqtida muzokaralar boşlandi. «Real» futbolçiga yangi şartnomaga köra yiliga 9 million yevro qöşib bergan, ammo buning evaziga ma'lum bir şartlar qöyilgan, futbolçi jamoa bilan sovrinlar yutişi, «Oltin töp» mukofotini va boşqa şaxsiy sovrinlarni qölga kiritişi, şular jumlasidan. Kriştianu esa bu şartnomani rad qilgan va klub rahbariyatini öziga hurmatsizlik qildi, deb hisoblagan.

Şundan söng, özaro munosabatlar sovuqlaşib borgan. Buning ustiga, «Real» prezidenti portugaliyalik futbolçi özining beşinçi «Oltin töp»ini olgan keçada braziliyalik futbolçi Neymar şa'niga maqtovli sözlar aytganidan jahli çiqqan.

Ronalduga taklif etilgan şartnomaga köra, futbolçining yillik maoşi 30-33 million yevroga yetişi mumkin edi (haftasiga 350 ming yevro). Ammo bu vaqtda «Barselona» futbolçisi Lionel Messi haftasiga 750 ming (yiliga 50 million yevroga yaqin), «PSJ» hujumçisi Neymar esa haftasiga 600 ming yevro işlaşi (yiliga 37 million yevro), Ronalduning hasadini keltirgan.

Oxirgi oylardagi bu voqealar Kriştianu Çempionlar ligasi finalida «Liverpul»ga qarşi keçgan va 3:1 hisobidagi ğalaba bilan yakunlangan uçraşuvdan keyin klubdan ketiş haqida aytişiga olib kelgan.

Final huştagi yangraşi bilan bergan ilk intervyusida Ronaldu tez orada «Real»dan ketişi mumkinligiga işora qildi: «Kelajagim haqida keyinroq aytaman. Men «Real»da yaxşi vaqtlar ötkazdim, aniq qarorimni yaqin kunlarda ma'lum qilaman».
 
U şuningdek, klub prezidentiga ham murojaat qilgan: «Gap pulda emas. Men 5 marta YeÇL ğolibi böldim, 5 marta «Oltin töp» qölga kiritdim, nomimni tarixga muhrlab qöyganman. Yaşirmayman, keyingi mavsumda ham «Real»da bölişim aniq emas. Aniğini şu haftada e'lon qilaman, barçasini aytaman. Florentino, hayot bu quruq maqtovga burkanib yaşaş emasku, töğrimi?».

Ronaldu «Real» safida 2009 yildan buyon töp surib kelmoqda. U bu klubga «Mançester Yunayted»dan 93,4 million yevro evaziga transfer qilingan va öşa vaqtda dunyodagi eng qimmatbaho futbolçiga aylangan. «Real» safida u 4 marta Çempionlar Ligasi ğolibi böldi, ikki martadan Ispaniya çempionatida va Ispaniya Kubogida ğolib çiqdi, 3 marta klublar örtasida jahon çempionati sovrinini boşi uzra kötardi. U «MYu» safida ham 3 marta Angliya çempioni bölgan va bir marta YeÇLda, bir marta Angliya Kubogida va klublar örtasidagi jahon çempionatida ğolib çiqqan.