«Barselona» va Argentina terma jamoasi hujumçisi Lionel Messi jamoaning JÇ-2018dagi imkoniyatlariga baho berdi.
«Men «Barselona» çempionlik sovrinini terma jamoa tarkibidagi sovringa almaştirgan bölardim. Argentina bilan sovrinni yutiş noyob narsaga aylangan bölardi.
Biroq, biz eng kuçli bölganimiz tufayli jahon çempioniga aylanişimiz kerakligi haqida bayonotlar bermasligimiz kerak. Haqiqiy vaziyat bunday emas.
Guruhdagi raqiblarga keladigan bölsak, Islandiya sönggi Yevropa çempionati vaqtida istalgan jamoaga qiyinçilik tuğdirişi mumkin ekanini körsatdi.
Xorvatiyada juda yaxşi yarim himoyaçilar bor. Ular Ispaniya yönalişida öynaydi, faqat bir daraja pastroq. Nigeriyaga kelsak, bu terma har doim bizga çaqiriq taşlagan», - deya aytib ötdi Messi El Trece’ga bergan intervyusida.












