Nikaraguada amaldagi prezident Daniel Ortega va uning rafiqasi, vitse-prezident Rosario Muriloga qarşi norozilik aksiyalari boşlandi.
Orteganing iste'fosini talab qilib Managua va boşqa şaharlarda minglab odamlar köçaga çiqişgan.
Ma'lum qilinişiça, namoyişçilar va politsiya örtasidagi töqnaşuvlar oqibatida 4 kişi halok bölgan.
Nikaraguada aprelda ijtimoiy ta'minot sohasidagi islohotlarga qarşi norozilik aksiyalari ötgandi. Öşanda namoyişlar davomida kamida 76 kişi halok bölgan.












