“Formula-1”ning Monako Gran-prisi ğolibi “Red Bull” jamoasi a'zosi, avstraliyalik Daniel Rikkyardo böldi.

Marraga ikkinçi bölib “Ferrari” a'zosi Sebastyan Fettel, uçinçi bölib esa “Mersedes” vakili Lyuis Xemilton keldi.

28 yoşli Rikkyardo faoliyatidagi 6-ğalabani va joriy mavsumdagi 2-ğalabani qölga kiritdi. Poygaçi uşbu Gran-prida birinçi marta ğolib böldi.

6 ta poygadan keyin yetakçilikni 110 oçko bilan Xemilton saqlab qolmoqda, 2-örinni Fettel (96) va 3-örinni  Rikkyardo (72) egallamoqda.

Poyganing keyingi bosqiçi Kanadada 8-10 iyun kunlari bölib ötadi.