Turkiya Rossiyadan tabiiy gazga çegirma hisobiga bir milliard dollar oladi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan ma'lum qildi.  

Erdöğanning aytişiça, Anqara va Moskva 2015 va 2016 yillarda Rossiya tomonidan Turkiyaga yetkazilgan gazga çegirma berilişi böyiça kelişuvga erişdi. “Uzoq keçgan muzokaralar natijasiga köra, 2015 va 2016 yillarda yetkazib berilgan gazga 10,25 foizlik çegirma taqdim qilişga erişildi. Bu ikki yil davomida tölovdagi farq, ya'ni bir milliard dollar Turkiyaga qaytariladi”, deb aytgan Erdöğan. 

Erdöğan Turkiya Rossiyadan gazga çegirma berilişini 2015 yilda talab qilganini eslatib ötgan. Moskva bu talabni qondirişdan boş tortgan. Şundan keyin Anqara Xalqaro hakamlik sudiga murojaat qilgan.