Henley & Partners yillik pasportlar indeksi dunyoning 200dan ortiq mamlakatlari va hududlaridagi viza qoidalarini tahlil qiladi hamda ularni vizasiz kiriş mumkin bölgan davlatlar röyxati böyiça ajratib çiqadi.
Yangilangan reytingda Özbekiston olti pozitsiyaga kötarildi va 76-örinni egalladi - mamlakat fuqarolariga 59 davlatga vizasiz boriş mumkin, ular orasida Boliviya, Ekvador, Nikaragua, Uganda, Madagaskar va boşqalar bor.
Hindiston ham Özbekiston bilan 76-örinni bölişib turibdi. Uşbu davlat fuqarolari ham vizasiz 59 mamlakatga taşrif buyurişi mumkin.
MDH mamlakatlari orasida eng yaxşi körsatkiç Ukrainada (38-örin, 128 mamlakat). Undan keyin Moldova (45-örin, 121ta mamlakat) va Rossiya (47-örin, 118 mamlakat) joy oldi.
Reyting yetakçisi ham özgardi - endi Germaniya örniga bu Yaponiya, uşbu davlat fuqarolari 189 mamlakatga vizasiz borişi mumkin. Ikkinçi örin Germaniya va Singapurda (188 mamlakat), uçinçi: Finlyandiya, Fransiya, Italiya, Şvetsiya, Ispaniya, Janubiy Koreya (187 mamlakat).












