Notarius lavozimiga nomzodlarning majburiy stajirovka ötaş muddati ikki baravar qisqartirildi. Endi u sudyalik lavozimida 5 yil yoki notarial faoliyatga rahbarlik va nazorat qiluvçi lavozimlarda 3 yil işlagan nomzodlar uçun talab etilmaydi, deb yozmoqda Norma.

Stajirovka: 1 yil, ayrim şaxslarga – umuman kerak emas
 
Notarius lavozimiga nomzodlarning majburiy stajirovka ötaş muddati 2 yildan 1 yilga qisqartirildi. Quyidagi mutaxassislarning stajirovka ötaşlari talab etilmaydi:
 
• sudyalik lavozimida kamida 5 yil işlagan;
• notarial faoliyatga rahbarlik va nazorat qiluvçi lavozimlarda (adliya organlarining tegişli boşqarmasida) kamida 3 yil işlagan.
 
Şunisi e'tiborga loyiqki, bu qaror kuçga kirgan paytda (26.05.2018 yil) stajirovka ötayotgan, yuqorida sanab ötilgan xodimlarga ham taalluqlidir. Ya'ni körsatilgan sanaga kelib 1 yillik stajirovkani ötab bölgan barça mutaxassislar, şuningdek sobiq sudyalar va tegişli adliya xodimlari – stajirovka ötaş muddatidan qat'i nazar, notarius lavozimiga tanlovda qatnaşişga haqlidirlar. 
 
Tanlov – onlayn translyatsiya bilan, notariuslar soni köpayişi kerak
 
Bundan buyon tanlov asosida tanlab oliş jarayoni Adliya vazirligining rasmiy veb-saytida real vaqt rejimida translyatsiya qilinadi.  
 
Bundan taşqari, aholining notarial xizmatlardan foydalaniş imkonini oşiriş maqsadida notarial okrugdagi notarius lavozimlarini belgilaş mezonlari qayta körib çiqiladi. Hozir notarial okrugda amalga oşirilgan notarial harakatlarning örtaça oylik soni (odatda, sönggi 3 yildagi) va uşbu okrugdagi aholi soni hisobga qabul qilinmoqda. 
 
Notariuslarni stressni, kelişmovçiliklarni boşqariş va iş vaqtini samarali taşkil etişga örgatadilar
 
Notariuslarni qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş böyiça öquv reja va dasturlariga şu va yuridik faoliyat bilan boğliq bölmagan fanlar va könikmalarga örgatadilar. Eslatib ötamiz, har bir notarius 3 yilda kamida 1 marta öz kasbiy malakasini oşirişi şart («Notariat töğrisida»gi Qonunning 18-moddasi).