Xalqaro tiklaniş va taraqqiyot banki (XTTB) va Özbekiston Taşqi iqtisodiy faoliyat milliy banki «Sanoat korxonalari energiya samaradorligini oşiriş» loyihasini amalga oşiriş uçun mamlakatga 50 million dollar ajratiş töğrisidagi kelişuvni imzoladi. Bu haqda Kommersant.uz xabar bermoqda.

Loyihani amalga oşiriş doirasida mamlakatdagi yirik, örta va kiçik korxonalar energiya tejaydigan texnologiyalarga investitsiya uçun qöşimça moliyalaştirişni oladi.

«Eskirgan uskunalar va işlab çiqariş jarayonlarini modernizatsiya qiliş mamlakat korxonalarining raqobatbardoşligini oşiriş uçun juda muhimdir, - deya aytib ötdi Jahon bankining Özbekistondagi vakolatxonasi rahbari Hideki Mori. - Energiya tejamkorlik uskunalardan foydalaniş va xizmat körsatiş xarajatlarini kamaytirişga, işlab çiqarişni oşirişga, şuningdek, kamroq energiya iste'moli hisobidan pulni tejaşga yordam beradi. Şuningdek, u iqlim özgarişining oqibatlarini yumşatiş imkonini beradi. Jahon banki özbek korxonalarining energiya samaradorligini oşirişga kömaklaşişdan mamnun».

Loyihada eskirgan uskunalarni jiddiy modernizatsiya qiliş, şuningdek, mamlakat sanoat korxonalari tomonidan energiya tejaydigan texnologiyalarni keng qöllaş közda tutilgan.