Prezidentning «Xalqaro tiklaniş va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyuşmasi iştirokida «Özbekiston Respublikasi qişloq xöjaligini modernizatsiya qiliş» loyihasini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Qayd etilişiça, quyidagilar:

2020 yil 20 martda Jahon bankining Direktorlar kengaşi tomonidan Özbekistonga «Özbekiston Respublikasida qişloq xöjaligini modernizatsiya qiliş» loyihasini moliyalaştiriş uçun umumiy 30 yil muddatga 10 yillik imtiyozli davr bilan Xalqaro tiklaniş va taraqqiyot banki (XTTB)ning 181,0 mln. AQŞ dollari miqdoridagi qarzi va Xalqaro taraqqiyot uyuşmasining kölamini kengaytiriş dasturining 100 mln. AQŞ dollari miqdorida krediti hamda 5 yillik imtiyozli davr bilan Xalqaro taraqqiyot uyuşmasi (XTU)ning 219 mln. AQŞ dollari miqdoridagi imtiyozli krediti ajratilişini ma'qullangan;

Loyihaning umumiy qiymati 659,5 mln AQŞ dollari ekvivalentini, şundan Özbekistonning uluşi — 159,5 mln AQŞ dollari, şu jumladan, soliq va bojxona tölovlari böyiça imtiyozlar beriş, investitsiya davrida moliyaviy xarajatlarni tölaş şaklidagi uluş — 124,5 mln AQŞ dollari ekvivalentini va Loyiha iştirokçilarining (benefitsiarlar) uluşi — 35,0 mln AQŞ dollari ekvivalentini taşkil etadi;

Loyihani amalga oşiriş davri 6 yilni (2020 ― 2026 yillar) taşkil etadi.

Belgilanişiça:

Loyiha Özbekistonning barça viloyatlari va Qoraqalpoğiston Respublikasida amalga oşiriladi;

Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta'minoti sohasidagi loyihalarni amalga oşiriş agentligi Loyihani öz vaqtida va töliq amalga oşiriş, uni muvofiqlaştiriş va boşqariş, Loyihani amalga oşiriş davrida monitoring va hisobotni yuritiş uçun mas'ul ijro etuvçi organ hisoblanadi;

Jahon bankidan olingan mablağlar Moliya vazirligi tomonidan qaytariladi;

kredit liniyasini boşqariş, Jahon bankining mablağlari öz vaqtida özlaştirilişi va maqsadli foydalanilişini ta'minlaş, şuningdek, subloyihalarni amalga oşiriş böyiça monitoring va hisobotni yuritiş funksiyalari Loyihada iştirok etuvçi Özbekistonning tijorat banklariga yuklanadi.

Agentlik Moliya vazirligi va Markaziy banki bilan birgalikda Loyiha doirasida beriladigan qarzni qayta moliyalaşning muddatlari va şartlari, subloyihalarni tanlaş va ularni baholaş mezonlarini belgilagan holda, Xalqaro tiklaniş va taraqqiyot bankining qarzidan foydalaniş tartibini işlab çiqadi hamda tasdiqlaydi.