Joriy yilning 27-28 may kunlari Özbekistonning şimol-ğarbiy hududlarida Rossiyaning Yevropa tomonlaridan kirib kelgan sovuq havo oqimi qator noqulayliklarni paydo qildi.
Havo haroratining keskin özgarişi va ayrim hududlarga sovuq havo oqimining kirib kelişi Özbekiston Respublikasining şimol-ğarbiy tomonlarida kuçli şamolni keltirib çiqardi.
Özgidrometeorologiya xizmatining Kun.uz'ga ma'lum qilişiça, şamol tezligi 17-22 m/s, ayrim hududlarda soniyasiga 27 metrgaça kuçaydi.

Şulardan, ötgan ikki kun davomida eng noqulay ob-havo şaroiti Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida aniqlandi. Uşbu hududlarda 25 apreldan buyon kuzatilgan yoğingarçiliksiz kunlar ketidan kuçli şamolning paydo bölişi, şimoldan qum va çangni (ayrim joylarda tuz çanglari) olib keldi.
Mavzuga oid: Qoraqalpoğiston va Xorazmga tuz böroni yopirildi (foto, video)
Özgidrometeorologiya xizmatining ta'kidlaşiça, Xorazm viloyatida kuzatilgan şamol böroni bilan uçib kelgan tuz çanglari «Orol dengizining qurib qolgan qismidagi kuçli şörlangan yerda» paydo bölgan.


ÖzA tarqatgan ma'lumotga köra, Nukus şahridagi kuzatiş maydonida havodagi çangning miqdori 0,50 PDKni taşkil qilib, bu me'yordan 3 karra köp ekanligini körsatadi. Bu kabi holat Qoraqalpoğistondan taşqari, Xorazm viloyatida ham kuzatilgan.
Şuningdek, uşbu tuz-qum böroni qöşni Turkmaniston Respublikasi Daşöğuz viloyatida ham kuzatilgan. Mahalliy matbuotning ta'kidlaşiça, tuz-qum böroni «Orol» tomondan keldi.
Uşbu tuz-qum böronining odamlar salomatligiga ta'siri yoxud qişloq xöjaligi hamda atrof-muhitga yetkazgan zarari haqida rasmiy ma'lumot berilmagan.



















