Rossiyada sönggi hafta içida benzin narxi ança sezilarli darajada oşdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«Kortes» axborot-tahlil markazi ma'lumotlariga köra, AI-92 markali yoqilği narxi 78 kopeykaga kötarilib - bir litr uçun 40,76 rubl (5265,34 söm) bölgan. AI-95 narxi 79 kopeykaga oşdi - bir litrga 43,6 rubl (5632,2 söm). Dizel yoqilğisi uçun narx 79 kopeykaga kötarildi - litrga 43,65 rubl (5638,67 söm).
Moskva yoqilği assotsiatsiyasidan ta'kidlaşlariça, poytaxt şaharda yoqilği narxi 88-90 kopeykaga kötarilib ketgan. AI-92 narxi 42,21 rublga (5452,65 söm) yetgan bölsa, AI-95 - 45,5 rubl (5877,6 söm). Dizel yoqilğisi narxi 43,99 rublgaça (5682,59) kötarildi.












