O‘zbekiston | 13:16 / 29.05.2018
3859
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi Turin universiteti Edu-Action va IDP Australia bilan «Hamkorlik memorandumi»ni imzoladi

Abituriyentlarga qulaylik yaratish va rasmiy IELTS imtihonini o‘tkazish maqsadida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Edu-Action va IDP Australia bilan o‘zaro «Hamkorlik memorandumi»ni imzoladi.

Foto: Turin politexnika universiteti

Turin politexnika universiteti hududida IELTS imtihoni uchun ro‘yxatga olish markazi ochildi. IELTS imtihoniga IDP bilan ro‘yxatdan o‘ting va quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ling:

- IELTS testiga tayyorgarlik ko‘rishda yordam beruvchi onlayn «master klass»da qatnashish;

- IELTS testining 4 ta modulidan biriga tayyorlovchi 1 oylik bepul onlayn kurs;

- 20 yillik tajribaga ega IELTS imtihoni ustozi bilan tayyorgarlik (listening, reading, writing, speaking) ko‘rish.

- Bepul onlayn vebinarlarda qatnashish.

- IELTS imtihoniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri universitet hududida ro‘yxatdan o‘tish va maxsus belgilangan kunlarda imtihonda qatnashish.

IELTS rasmiy sertifikati butun dunyoda, shuningdek, O‘zbekistondagi barcha xalqaro universitetlarda qabul qilinadi.

Universitet hududidagi ro‘yxatga olish markazi barcha IELTS imtihonini topshirish istagida bo‘lganlar uchun xizmat ko‘rsatadi.

IELTS imtihonini IDP bilan topshiring va Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga o‘qishga kiring!

Edu-Action IELTS Test markazi: Afrosiyob ko‘chasi, 16-uy, Toshkent shahri, O‘zbekiston ko‘chasi, Telefon raqami: (+99871) 148-86-86.

Turin politexnika universiteti: Kichik xalqa yo‘li, 117-uy, Toshkent shahri, O‘zbekiston ko‘chasi. Telefon raqami: (+99871) 246-80-51.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid