Bugungi kunda poytaxtimizda özgarişlar katta. Yutuqlar bilan birga, dolzarb muammolar ham yetarliça. Masalan, Toşkent şahridagi quriliş loyihalaridan aholining noroziligi qariyb surunkali murojaatga aylangan bu mavzudagi muammolar yeçimi hamon söroq ostida. Biroq bu gal muammoning aksini körib, ajablandik. Gap şundaki, quriliş işlari nega töxtab qoldi, degan e'tiroz bilan bir guruh yurtdoşlarimiz KUN.UZ tahririyatiga murojaat qilişdi.

KUN.UZ saytida joriy yilning 14 may kuni «Murad Buildings» qurilişni töxtatdi sarlavhasi ostida maqola e'lon qilingan edi. Unda Toşkent şahri, Yunusobod tumani, 8-dahasida joylaşgan 17, 18, 19 va 20-sonli köp qavatli uylar orasida Murad Buildings kompaniyasi tomonidan köp qavatli turar-joy qurilişidan norozi bölgan aholi murojaati asosida quriliş işlari töxtatilgani bayon etilgan edi. Kuni-keça aynan uşbu uylarda istiqomat qiluvçi aholi murojaati yuzasidan ular bilan uçraşdik. Aholi quriliş işlari töxtatilganidan norozi, şuningdek, quriliş işlariga norozi bölgan ayrim fuqarolar köpçilik istak-xohişining yöqqa çiqişiga sababçi bölmoqda. KUN.UZ fuqarolarni xolislik nuqtai nazaridan tingladi.
- Bu yer bir vaqtlar garaj bölgan kezlari, bu yerda yaşirinça itlar jangini uyuştirişardi. Şovqin-surondan quloqlar qomatga kelardi. Bekorçilar töplanadigan joy edi, janjallar bölar edi, - deydi aholi vakillaridan biri.
- 18 yildan buyon şu mahalladaman. Men tadbirkorlarning köpayişi tarafdoriman. Şu sabab obodonlaştiriş işlariga qarşimasman. Mahallamiz kundan kun obod bölyapti, biroq haşarlarga çiqmay, mahalla hayotiga aralaşmay ortimizdan ğalamislik qilayotganlarga qarşiman, - deydi yana bir fuqaro. – Töğrisini aytganda, şu paytgaça mahallamizda bölmagan işlar bölyapti.

Mahalliy aholi vakillaridan yana biri quyidagiça fikr bildirdi: “Mana şu quriliş neça kun davom etgan bölsa, bu yerda samosvallar, ekskavatorlar işladi. Keyin keçayu kunduz beton qurilişi böldi. Bu qurilişlarda qança bolalar işladi, ular qaşqadaryolik, surxondaryolik, navoiylik bolalar edi... Ular ota-onalari, farzandlarini taşlab kelgan, maoşga işlagan işçilar edi. Ularning rizqini qiyib, qurilişni töxtatiş adolatdan bölmasa kerak.













