Toşkentdagi yer usti halqa metro yönalişining qurilişiga 422 million dollar sarflanadi. Bu prezidentning 24 maydagi farmonida belgilab qöyilgan, u bilan boşqa hujjatlarga özgartiş va qöşimçalar kiritildi.
Spot’ning yozişiça, dastlab loyihaga 320,1 million dollar yönaltiriş rejalaştirilgandi, ammo endi bu raqam 2017 yilning oktabridagi loyihada taklif qilinganidek, 422,3 million dollarga özgartirildi.
Bundan taşqari, loyihaning nomi «elektrlaştirilgan yuqori tezlikdagi ikki yölli halqa temir yöli»dan «yer usti halqa metro liniyasi»ga özgartirilişi tasdiqlandi.
Qurilişga ajratiladigan davlat byudjyeti mablağlari miqdori özgardi, avval - 25,3 mln dollar bölgan bölsa, endilikda 97,2 mlrd söm (13,35 mln AQŞ dollariga teng).
Dastlab loyihaga davlat byudjyeti hisobidan 159,8 million dollarlik markazlaştirilgan investitsiyalar yönaltirilişi qaror qilingan bölsa (2018-2021 yillarga möljallangan investitsiya dasturi doirasida), endilikda 208,4 million dollar yönaltiriş töğrisida qaror qabul qilindi.
Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi tomonidan ajratilayotgan mablağ miqdori ham özgardi - avval 20 million dollar bölgan bölsa, endi 140 million dollar.
Avvalroq «Özbekiston temir yöllari»ga import qilinadigan uskunalar, xom aşyo, materiallar va butlovçi qismlarni, yölovçi elektropoyezdlarini sotib oliş uçun 115 mln dollar taqdim etiş rejalaştirilgandi. Endi esa «yölovçi elektropoyezdlari» sözlari olib taşlandi, hamda summa deyarli ikki barobarga qisqardi - 60 mln dollargaça.












