Belarusda Davlat xavfsizlik qömitasi mamlakat prezidentining yordamçisi - Grodnen oblasti böyiça inspektor Sergey Rovneykoni pora bilan qölga oldi. Bu haqda «BelTA» mahkama ma'lumotlariga asosan xabar bermoqda.

Ta'kidlanişiça, tezkor bölinmalar xodimlari Rovneykoga taxminan bir yil muqaddam e'tibor qaratişgan. Bunga u bir neça marotaba pora olgani haqida xabarlar kelib tuşgani sabab bölgani aytiladi.

«Davlat rahbarining topşiriğiga köra ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Rovneyko Sergey Vasileviç 200 ming dollar miqdorida pora olayotganida aşyoviy dalil bilan uşlandi», - deyiladi xabarda.