“Özagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati boşqaruviga yangi rais tasdiqlandi. Bu haqda Kun.uz axborot manbasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, Olim Botiroviç Isayev “Özagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati boşqaruvining raisi etib tasdiqlangan. Uluğbek Abdumutaloviç Oxunov bu lavozimdan ozod qilingan.
Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov 2018 yilning 29 may kuni bu haqdagi tegişli qarorni imzoladi.
Ma'lumot uçun, “Özagrokimyohimoya” AJ qişloq xöjaligini mineral öğitlar, ösimliklarni kimyoviy va biologik himoya qiliş vositalari bilan ta'minlaş, çigirtka, zararkunandalar, ösimliklar kasalliklari va yovvoyi ötlarga qarşi kuraşiş böyiça yagona texnik va texnologik siyosatni olib boriş bilan şuğullanadi.












