Audi kompaniyasi E-Tron deb nomlangan özining ilk elektr krossoverining suratlarini e'lon qildi va u haqidagi ba'zi tafsilotlarni oşkor qildi. Kompaniyada ma'lum qilinişiça, krossover aerodinamik quvurda 1000 soatdan köproq sinalgan.     

E-Tron “virtual közgu” deb nomlanuvçi qurilma bilan savdoga çiqadigan ilk avtomobil böladi. Bunda odatiy orqani köriş oynalari tasvirni maşina salonidagi ekranlarga uzatuvçi maxsus kameralar bilan almaştiriladi. Bunday tizim mijozlarga qöşimça optsiya sifatida taklif qilinadi.

Foto: Audi

Avtomobil 120 km/soatdan köproq tezlikda sozlanuvçi pnevmostoykalar evaziga 26 mm ga pasaya oladi. Maşina töliq quvvatlanişda 400 km dan köproq masofa bosa oladi. 

Maşina dizayni Frankfurtda 2015 yil kuzida taqdim qilingan e-tron quattröni takrorlaydi. Maşinaning uzunligi 4,88 metrni, eni 1,93 metrni taşkil qiladi. Maşina yukxonasi siğimi 615 litrga teng.

Foto: Audi

Avtomobil taqdimoti joriy yilning 30 avgustida bölib ötadi. Avtomobilga boş raqobatçilar Jaguar I-Pace va Tesla Model X böladi.

Norasmiy ma'lumotlarga köra, maşina narxi 66 ming yevroga yaqinni taşkil qiladi. Model Bryusseldagi zavodda yiğiladi.

Foto: Audi