Xorijiy ijodiy guruhlarga Özbekistondagi uçuvçisiz uçar qurilmalarni vaqtinçalik olib kiriş va mamlakat hududida foydalanişga ruxsat berildi, deya xabar qilmoqda Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi axborot xizmati.

Alohida çet elliklarga dronlarni olib kirişga ruxsat berilişi fevral oyida prezident tomonidan imzolangan «Kiriş turizmini rivojlantiriş böyiça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarordan söng ma'lum bölgandi.

Yangi tartibga köra, ijodiy guruhlar ijodiy guruh va suratga oliş joylari haqida zarur ma'lumotlarni körsatgan holda Davlat turizm qömitasi, Madaniyat vazirligi va «Özbekkino» MAga ruxsatnoma berişni sörab murojaat qiladilar.

Körsatilgan idoralardan biri Mudofaa vazirligi va Davavianazoratni xabardor qiladi hamda olingan ruxsatnomani ijodiy guruhga beradi.

Bu mamlakatning sayyohlik salohiyatini rivojlantirişga qaratilgan.

2015 yil 1 yanvardan Özbekiston Respublikasi hududiga dronlarni olib kiriş taqiqlangan, bunda faqat Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan maxsus holatlar mustasno (yuridik şaxslar öz maqsadlari uçun uçuvçisiz uçar qurilmalarni maxsus ruxsatnoma bilan olib kirişi mumkin).