30 may kuni Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Imomi A'zam-Abuxanif Nö'mon ibn Sobit nomidagi Islom institutining yangi binosi poydevorining ilk toşini qöydi. Bu bino hozirda qurilayotgan, Markaziy Osiyoda eng katta böladigan masjid yonida joylaşadi. Hozirda institutning binosi Duşanbening boş masjidi yonida joylaşgan.

Foto: Tojikiston Respublikasi prezidenti matbuot xizmati

Yangi binoda 1,5 ming talaba ta'lim olişi mumkin. Bino 3 gektar maydonda joylaşadi va uning qurilişiga 136 mln somoni ajratiladi.

Loyihaga köra, ta'lim muassasasining boş binosi 5 ta 7 qavatli blok – öquv korpuslari, ma'muriy binolar, yotoqxona, sport zali, oşxona, kutubxona va anjumanlar zalidan iborat böladi.

Foto: Tojikiston Respublikasi prezidenti matbuot xizmati

Ma'lum qilinişiça, Islom instituti Tojikiston hukumatining 2007 yil 2 noyabrdagi qarori bilan taşkil etilgan. 

Avval u Imom at-Termiziy nomidagi Tojikiston islom universiteti deb atalgan. 2008 yilda u qayta nomlangan.

Foto: Tojikiston Respublikasi prezidenti matbuot xizmati
Foto: Tojikiston Respublikasi prezidenti matbuot xizmati

Institutga kiriş uçun abituriyentlar fors-tojik tili va adabiyoti böyiça yozma imtihon hamda testlar topşiradilar.  

Öqişga qabul qilişda fors va arab yozuvini biladiganlarga afzallik beriladi. Biroq “ilmi Qur'on” bölimiga kiruvçilar Qur'oni Karimni yoddan bilişlari kerak böladi.

Foto: Tojikiston Respublikasi prezidenti matbuot xizmati