Qaşqadaryo viloyati delegatsiyasining Koreya Respublikasiga uyuştirgan taşrifi natijasida Koreyaning SGT kompaniyasi hamda «BIG Agro» korxonalari örtasida zamonaviy issiqxonalar va tomçilatib suğoriş texnologiyalarini Özbekistonda işlab çiqariş böyiça qöşma korxona oçiş borasida şartnoma imzolandi.
«BIG Agro» MÇJ vakili Bobur Abdumavlonovning Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, Janubiy Koreyaning nufuzli SGT bilan tuzilgan yirik şartnoma qiymati 15 million AQŞ dollarga teng.
Mazkur şartnomaga köra Janubiy Koreyalik mutaxassislar tomonidan öylab topilgan issiqxonalar konstruksiyasi va tomçilatib suğorişga oid eng sönggi texnologiyalar asosida mahsulotlar işlab çiqaruvçi yangi korxona Qaşqadaryo viloyatida iş boşlaydi.

Eslatib ötamiz, avvalroq «BIG Agro» MÇJ tomonidan Qaşqadaryo viloyatining Mirişkor tumanida ilk bor aççiq qalampirning kayyen gibridli navi köçatlari yetiştirilib, dala maydonlarga ekilayotgani haqida ham xabar bergan edik.












