Rossiyalik jurnalist Arkadiy Babçenkoni öldirişgan bölgan suiqasd töğrisidagi iş terakt etib qayta özgartiriladi. Bu haqda «Ukrainskiye novosti» Ukraina Xavfsizlik xizmatidagi (UXX) manbalarga asoslanib xabar bermoqda.

Naşr ma'lumotlariga köra, UXX Babçenkoni qasddan öldiriş böyiça işni yurituvga olgan. Manbaning ma'lum qilişiça, mahkama işni terrorçilik akti sifatida özgartirişni rejalaştirmoqda. Naşr bu qaror nima bilan boğliq bölişi mumkinligini izohlamadi.

Babçenko öldirilgani haqidagi xabar 29 may oqşomida paydo böldi. Ertasi kuni UXX jurnalistning tirik ekani, Babçenkoning öldirilişi haqiqiy suiqasd taşkilotçilarini qölga oliş maqsadida sahnalaştirilganini e'lon qildi.