Su-57 beşinçi avloddagi qiruvçisi Rossiya havo-kosmik kuçlarida 4++ avloddagi Su-35’ni yaqin orada almaştira olmaydi. Bu haqda National Interest xabar bergan.

Ta'kidlanişiça, Su-57 Su-35’ga möljallangan tizimlar asosida işlab çiqilgan. Bundan taşqari, mualliflarning fikriça, N036 «Belka» faol fazalangan antenna panjarasiga ega radiolokatsion tizimi va AL-41F1 birinçi bosqiçdagi dvigateli Su-35’ning tegişli qurilmalaridan alohida işlab çiqarilişi mumkin. 

Yangi qiruvçining asosiy yangiligi planer tizimi bölib, u qiruvçining yaşiriniş tezligini oşiradi, biroq datçiklar va qurollaniş tizimi avvalgidek qolgan.

Şuningdek, naşrning ta'kidlaşiça, Su-57’ni işlab çiqiş va işlab çiqarişga sarflangan mablağlar hamda inson resurslari «şubha uyğotişi mumkin».

Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya mudofaa vaziri Sergey Şoygu Suriyadagi Su-57 uçun qanotli raketalar sinovi haqida gapirgandi.