Jizzax viloyat hokimligiga Qozoğiston Respublikasining Özbekistondagi elçisi Yerik Utembayev va uşbu diplomatik missiyaning ikkinçi kotibi Ruslan Rustambekovlar taşrif buyurişdi. Bu haqda Jizzax viloyat hokimligi Axborot xizmati KUN.UZ'ga xabar bermoqda.

Foto: Jizzax viloyat hokimligi matbuot xizmati

Mehmonlarni viloyat hokimi Ergaş Saliyev kutib oldi. Iqtisodiy aloqalarni kuçaytiriş, Qozoğiston vakillarini viloyatdagi korxonalar, tadbirkorlik sub'yektlari hamda turizm infratuzilmasi bilan taniştiriş maqsad qilingan uşbu uçraşuv avvalida viloyatning iqtisodiy va sayyohlik salohiyatini ifodalovçi taqdimot uyuştirildi.

Jumladan, viloyatning sement, akkumulyator, bazalt tolasi, armatura, kalava ip, kiyim-keçaklar işlab çiqariş korxonalari, paxtaçilik, meva va sabzavotçilik sohalarining imkoniyatlari, Zomin, Baxmal tumanlari hamda Aydar-Arnasoy köllar tizimida sayyohlikni rivojlantiriş böyiça ma'lumotlar berildi. Viloyatda barpo etilayotgan neftni qayta işlaş hamda Uzbekistan Peugeot Citroen Avtomotive avtomobil zavodlariga alohida töxtalib ötildi.

Şuningdek, “Jizzax” va “Zominfarm” erkin iqtisodiy zonalari, işlab çiqaruvçi va investorlar uçun soliq, boj va boşqa tölovlar borasida Özbekistonda yuzaga keltirilgan yengilliklar hamda viloyatda klaster usulida faoliyat körsatayotgan xorijiy tadbirkorlik sub'yektlari töğrisida fikr yuritildi. Ayni vaqtda yana uçta çet el kompaniya va firmasining bu boradagi tijoriy taklif va loyihalari örganib çiqilayotganligini bildirdi.

Foto: Jizzax viloyat hokimligi matbuot xizmati

Bundan taşqari, Foriş tumani hududida 20 ming gektar maydonni özlaştiriş imkonini beruvçi “Karaman” suv ombori qurilişiga töxtalib ötildi. Ma'lum qilinişiça, jadallik bilan kavlanayotgan suv omborini ta'minlovçi kanalning 90 foizi qazib bölingan. “Karaman” sabab özlaştirilgan yerlarda qand lavlagi yetiştiriş va bu joyda tomçilatib suğorişni yölga qöyiş rejalaştirilmoqda. Viloyat hokimi Qozoğiston vakillariga barça sohalarda hamkorlik qiliş taklifini bildirdi. Şuningdek, tadbirda iştirok etgan Jizzax şahri hokimi Akbar Şukurov viloyatda xalqaro logistika markazini oçiş böyiça fikrlarini bayon etdi.