Prezident Şavkat Mirziyoyev Toşkent şahrining Maxtumquli va Ohangaron köçalari kesişmasida quriladigan yöl ötkazgiç loyihasi bilan tanişdi, deb xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.

Ohangaron şossesi, Parkent va Temur Malik köçalari poytaxtning eng serqatnov yöllaridan. Toşkent mexanika zavodi hududi orqali Maxtumquli köçasi qurilgaç, uşbu yöllar çorrahasida transportlar harakati yanada ortdi.
Haydovçilarga qulaylik yaratiş va xavfsizlikni ta'minlaş maqsadida bu yerda uç qavatli transport boğlamasi qurilişi rejalaştirilgan. Ohangaron şossesi va Parkent köçasi yönalişida tunnel, Maxtumquli va Temur Malik köçalari köçalarini boğlovçi köprik qurilişi közda tutilgan.
Bu transport boğlamasini qurişdan maqsad - Çorvoq va Çimyon hududini rivojlantirişga zamin yaratyapmiz. Hozir faqat Çirçiq şahri orqali ötadigan yöl bor. Dam oliş mavsumida tirband bölib ketadi. Bu yangi yöl kelgusida katta yuklamani öziga olib, transportlarning, jumladan, xorijlik sayyohlarning Çorvoq hamda Çimyon hududiga tez va oson yetib olişini ta'minlaydi, dedi Şavkat Mirziyoyev.
Köprik va tunnelda qatnov olti qatorli böladi. Hisob-kitoblarga köra, barpo etiladigan yangi yöl Çorvoqqaça bölgan masofani 22 kilometrga qisqartiradi.
Davlat rahbari Ohangaron şossesi böylab qurilayotgan yer usti halqa metro liniyasiga doir loyihalar bilan ham tanişdi.















