29 may kuni Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida eksport-import, mahalliy byudjyetga qöşimça tuşumlarni ta'minlaş, qişloq xöjaligida ğöza parvarişi, ğalla örimi, takroriy ekinlar va suvdan oqilona foydalaniş kabi muhim tadbirlarni samarali ötkaziş bilan boğliq bugungi kunda ğoyat dolzarb bölib turgan masalalarga bağişlangan videoselektor yiğilişi bölib ötdi.

«Byudjyet taşkiloti heç qaçon paxtaga tegmaydi, dalada paxta yonib ketsa ham tekkizdirmayman. Kimga kerak paxta? Korxonaga kerak. Qaysi korxona? Qayta işlaydigan. Özini odamlari, özi borib, pul tölasin, özi yiğsin. Abdulla Ne'matoviç, sizga bir oy muddat. Ötgan yili qança qiynaldik. Butun dunyo hozir bolalar mehnati deb, özimizni özimiz ahmoq qilib yurganmiz. Qayerga bormasak, bolalar mehnati. Undan 2-3 milliard foydami, yoki undan köra obröni, siyosatimizni joyiga qöyiş kerakmi. Şuning uçun bir oy muhlat, ötgan yilgi tajribani qöllaş lozim. Heç qanday, bironta bolalar mehnati, majburiy mehnat kerak emas. Mana qança töqimaçilik kombinatlarimiz bor, özlari borib, özini paxtasini özi terib olaversin. 

Mana klaster qilyapmiz, oğir damlardan ötib olişimiz kerak. Hozir bizga döstlar ham köp, lekin duşmanlarimiz ham köp. Aytmoqdamanku, har kuni bitta maqola çiqyapti. Toşkent heç qayerga bormaydi, Toşkentning özini yöli bor!», - deya Şavkat Mirziyoyevning sözlarini keltirgan Kun.uz muxbiri.