Apple kompaniyasi nafaqat Rossiyada, balki butun dunyo böylab Telegram dasturlarini yangilaşga imkon bermayapti. Bu haqda messenjer asosçisi Pavel Durov ma'lum qildi.
“Afsuski, Apple bizning tomonni olmadi. Rossiya Telegram’ning 7 foizgina auditoriyasini taşkil qilsa-da, Apple aprel örtasidan butun dunyo böylab Telegram foydalanuvçilariga dasturlarni yangilaşni taqiqlamoqda”, deb aytgan Durov.
Şu sababli Telegram belgilangan muddat – 25 maygaça Yevropa qonunçiligining ma'lumotlarni himoyalaş sohasidagi talablarini töliq bajara olmagan. Gap Ma'lumotlarni himoyalaşning umumiy tartib-qoidalari haqida ketmoqda, uning buzilişi esa kompaniya oborotining 4 foizigaça miqdorda jarima solinişiga olib kelişi mumkin.
Bundan taşqari, messenjerning ba'zi funksiyalari, misol uçun stikerlar iOS 11.4 versiyasida töğri işlamasligi mumkin, deb qöşimça qilgan Durov.
“Biz vaziyatni önglaş ustida işlamoqdamiz. Fikrimizça, biz muammoli davlatdagi foydalanuvçilarimizni himoya qiliş uçun barça imkoni bor işni qildik”, deb aytgan Durov.
Avvalroq Telegram saytida Apple messenjerni yangilaşni taqiqlayotgani haqida xabar paydo bölgan.
May oxirida Roskomnadzor Apple’ga messenjerning Rossiyada tarqatilişi va uning push-xabarlarini töxtatiş hamda uni Rossiyadagi App Store’dan öçiriş iltimosi bilan murojaat qilgan.












