Ispaniya parlamenti mamlakat hukumati va boş vaziri Mariano Raxoyga impiçment e'lon qildi, deb xabar bermoqda Reuters.

Ta'kidlanişiça, bunday qaror 2013 yilda avj olgan va hozirgaça suriştiruvdan ötkazilayotgan korrupsiya mojarosi tufayli qabul qilingan.

Impiçment taşabbusi bilan Sotsialistik partiya yetakçisi Pedro Sançes çiqqan. Taklifni 180 parlamentariy qöllab-quvvatladi, yana 169 nafari qarşi çiqdi, bir kişi betaraf qoldi.

Mamlakatning yangi boş vaziri etib Sançesning özi saylandi. Kutilişiça, u duşanba kuni lavozimni egallaydi, şundan söng yangi hukumat tarkibi şakllantiriladi.

Foto: REUTERS