Endilikda yöl harakati qoidalarini buzgan fuqarolarni video tasvirga olgan va bu haqda ma'lum qilgan şaxslar​ rağbatlantiriladi​. Bu haqda Özbekiston  Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 19 mayda qabul qilingan «Özbekiston Respublikasi yöl xavfsizligini ta'minlaş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorida qayd etilgan.

ÖzA tarqatgan xabarga köra, mazkur qaror bilan 2018-2022 yillarda Özbekiston Respublikasida yöl harakati xavfsizligini ta'minlaş konsepsiyasi va uni tatbiq etiş böyiça «Yöl xaritasi» tasdiqlangan. Şu bilan birga, har oy «Avtomobilsiz kun» aksiyasi yölga qöyilişidan maqsad yöllarda xavfsizlik muammosiga jamoatçilik e'tiborini jalb etib, avtotransportsiz harakatlaniş mumkinligi va zarurligini namoyiş qilişdir.

Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi zimmasiga uç oy muddatda jismoniy va yuridik şaxslarning avtotransport vositalarida örnatilgan videoregistratorlaridan olinadigan videoyozuvlarni tezkor töplaşning markazlaştirilgan tizimini joriy etiş, sodir etilgan huquqbuzarlik holatlari töğrisida taklifni kiritiş hamda şaxsiy ma'lumotlarning maxfiyligini saqlab qoliş imkoniyati ta'minlangan holda ularni rağbatlantiriş mexanizmlarini joriy etiş böyiça topşiriq berildi.

Umid qilamizki, bu çoralar bizning yurtimiz köçalarini tartibga solişga hissa qöşadi.​