Namangan şahri köçalarida muallaq, ya'ni havoda osilib turgandek körinadigan piyodalar ötiş yölagi paydo böldi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.
«Prezidentning barça sohalarda innovatsion ğoya va loyihalar joriy etilişiga qaratayotgan e'tibori meni şu ğoya ustida izlanişga undadi va izlagan narsamni topdim. Dastlab qoğozga tuşirib taqdim etilgan loyiha rahbariyat tomonidan ma'qullanib, sinov tariqasida bir-ikki joyda amalga oşiriş tavsiya qilindi», deydi viloyat Içki işlar boşqarmasi Yöl harakati boşqarmasi yöl nazorati bölinmasi boşliği, katta leytenat Elmurod Komilov.
Mazkur innovatsion ğoyaning mohiyati şuki, piyodalar ötiş yölagi uzoqdan kelayotgan avtomaşina haydovçisi köziga muallaq turganday bölib körinadi va haydovçi huşyorligini oşirib, tezlikni kamaytiradi, natijada piyodalar yöldan xotirjam ötişlari imkoniyati ortadi.
Bunday effekt «zebra»ni asfaltga 3D formatda tuşiriş orqali erişiladi. Çiziqlarining yerdan kötarilib turganday körinişi soyalar yordamida hosil qilinadi. Buning uçun odatdagi oq böyoqdan taşqari, qora hamda kulrang böyoqning ikki xil kombinatsiyasi talab etiladi.

Ma'lum qilinişiça, hozirça şaharning 8 tartibga solinmagan ötiş joyida şunday ötiş yölaklari böladi. Jami 40 dan ziyod şunday yölaklarga yangi texnologiya bosqiçma-bosqiç joriy qilinadi.












