Namangan şahridagi mahalla fuqarolar yiğinlarining posbon va kotiblari birinçi yordam körsatiş asoslari böyiça öqitildi, deb xabar beradi ÖzA.

Öquv kursi dasturiga köra, tinglovçilarga Özbekiston Qizil Yarim Oy jamiyati maqsad va vazifalari, anatomiya va fiziologiya asoslari, nafas yöllarining siqilişi, nafas olişning buzilişi va töxtab qolişi, yurak xuruji, yurakning töxtab qolişi, jarohatlar va kuyiş, tayanç harakati apparati jarohatlari, boş-umurtqa jarohatlari, yöl-transport hodisalari, huşdan ketişga olib keladigan kasallik va holatlarda birinçi yordam körsatiş tartib-qoidalari böyiça batafsil tuşunçalar berildi.

"Yuqoridagi mavzularning har biri böyiça nazariy bilimlar amaliy maşğulotlar orqali mustahkamlandi", deyiladi xabarda. 

Özbekiston Respublikasining “Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi töğrisida”gi qonuni mazmun-mohiyati, beğaraz donorlikni rivojlantiriş böyiça tuşunça va tavsiyalar berildi. ​