Hukumatning ayrim qarorlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi telegram kanali xabar bermoqda.

Qaror bilan profilaktika (katta) inspektorining jamoat tartibini saqlaş böyiça yordamçisi davlat xizmatçilariga mansub bölgan boşqa xizmatçilar röyxatiga kiritildi.

Prezident qarori bilan “Mahalla posboni” jamoatçilik tuzilmasi rahbari lavozimi tugatilib uning örniga profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlaş böyiça yordamçilari lavozimlari joriy etilişi munosabati bilan Hukumat qarorlariga ham özgartirişlar kiritildi.

Eslatib ötamiz, davlat rahbarining 2018 yil 24 dekabrdagi “Jamoat xavfsizligini ta'minlaş samaradorligini oşiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorida Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Boş prokuraturasi, Içki işlar vazirligi va Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça respublika kengaşining quyidagi takliflari ma'qullangandi:

“Mahalla posboni” jamoatçilik tuzilmalari rahbarlari lavozimlarini tugatib, ularga iş haqi tölaş va ijtimoiy qöllab-quvvatlaşning amaldagi mexanizmlarini saqlab qolgan holda, böşayotgan ştat birliklari hisobidan profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlaş böyiça yordamçilari lavozimlarini joriy etiş hamda ularga huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida içki işlar organlariga amaliy yordam körsatiş uçun şaxsiy javobgarlikni yuklaş;

biriktirilgan hududda jinoyatlar darajasi pasaygan, ularni oldini oliş va bartaraf etiş çora-tadbirlari öz vaqtida körilgan hollarda bir vaqtning özida fuqarolar yiğinlari raislari va faollari, profilaktika (katta) inspektorlari va ularning yordamçilari hamda «Mahalla posboni» jamoatçilik tuzilmasining alohida örnak körsatgan a'zolariga mehnatga haq tölaş fondining (pul ta'minotining) 100 foizigaça bölgan miqdorda (örnatilgan va tölanayotgan qöşimça haq va ustamalardan qat'i nazar) va boşqa pul mukofotlari bilan taqdirlaş tartibini joriy etiş.