Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanining «Gazarak» mahallasida «To‘palang MG Holding» MÇJga qaraşli «MAN» rusumli yuk taşiş maşinasi haydovçisi Abdusalom Nurovni «Çilonzor» mahallasining uçastka profilaktika inspektori Quvondiq Eşmirzayev va posbon Tursun Rahmatov kaltaklaşgan. Bu haqda A.Nurovning özi Kun.uz tahririyatiga murojaatida ma'lum qilgan.
Kun.uz tahririyati ixtiyoriga voqea röy bergan vaqtda yozib olingan audioyozuv kelib tuşdi. Unda kimdir A.Nurovni haqoratlab urgani, Nurovning yalinib rahm söragani ovozlari tasvirlangan. Etika qoidalariga köra, uni e'lon qila olmaymiz.
Abdusalom Nurovning özi Kun.uz muxbiriga bölib ötgan voqeani quyidagiça hikoya qilib berdi:

«Men 24 iyun kuni soat 23:20larda tungi smenada, barça hujjatlarga ega bölib turib, «Gazarak» mahallasidagi stadion qurilişi uçun şağal olib borayotganimda yuqoridan oq tusli «Matiz» rusumli maşina uzoqni yorituvçi çiroqlarini yoqib tuşib kela boşladi. Men ikki-uç marta çiroqni pasaytirişga öz avtomaşinamni çiroği bilan işora qildim. Biroq, «Matiz» haydovçisi közni qamaştiruvçi çiroqni pasaytirmadi. Şundan keyin «Matiz» yonimdan ötayotganida norozilik tariqasida signal çalib ötib ketdim.
Şundan söng yukni tökayotgan çoğimda «Matiz»dagi haydovçilar öşa yerga yetib borib, meni maşinadan tuşirib, haqorat qilib ayovsiz kaltaklaşdi. Ularning har ikkisi formada edi, ikkisi ham spirtli içimlik içib olişgandi, keyinçalik bilsam bazmdan qaytişayotgan ekan.
Qöşnilar çiqib ajrata olmadi. Bir soatlardan söng boşliğimni çaqirtirib kelişdi. Boşliğim Salimov meni ularning çangalidan ajratib oldi.
Men davlatning formasini kiyib olgan muştumzör zöravonlarga qonunçiligimizda belgilangan jazo berilişini talab qilaman. Bundan ortiq da'vom yöq», —dedi A.Nurov.
Özining hikoya qilib berişiça, öşa kuni A.Nurov uyiga borib yotgan. Avvaliga bölib ötgan voqea haqida heç kimga bildirmaslikka qaror qilgan. 25 iyun kuni ertalab örnidan tura olmagaç, bolalari «tez yordam» çaqirib, Sariosiyo tuman tibbiyot birlaşmasiga olib borişgan. Bemorning sözlariga köra, uni bu yerda ekspertiza qilişdan boş tortişgan, avvaliga heç qanday hujjat töldirişmagan. Sariosiyo tuman IIB mazkur hodisani bosti-bosti qilişga uringan. Faqat A.Nurovning özi va yaqinlari tomonidan prokuraturaga murojaat qilinganidan sönggina, 26 iyun kuni A.Nurov Denov tumanida ekspertizadan ötkazilgan, xususiy «Denov kardio Şifo» klinikasida boş qismidan jarohat olgani, Denov tuman tibbiyot birlaşmasida esa sakkizinçi qovurğaning yopiq sinişi taşxisi qöyilgan.














