Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 35-moddasiga asosan har bir şaxs bevosita özi va boşqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va şikoyatlar bilan murojaat qiliş huquqiga ega. Şunga köra, yangi taşkil etilgan «Mening fikrim» portaliga birin-ketin jamoaviy murojaatlar paydo böla boşladi. Kun.uz mazkur murojaatlar orasida eng köp ovoz töplagan beştasini taqdim etadi. 

Şahar va qişloq joylardagi daraxtlarni asrab avaylaş tizimida islohotlarni amalga oşiriş taklifi 31 may kuni qayd etilgan holatga köra 9197ta ovoz töplagan va ommabop jamoaviy murojaatlar reytingida peşqadam bölib turibdi. Uşbu murojaat muallifi jurnalist Nikita Makarenko taklif etilayotgan loyiha bilan atrof-muhitga e'tiborli böliş, şuningdek, ruxsatsiz daraxtlarni kesib ketilişiga qarşi kuraşga çorlamoqda.

6257ta ovoz töplagan Ravşan Namozovning yöllardagi oddiy svetoforlarni kamayib boruvçi soniyalarni körsatib turuvçi svetoforlarga almaştiriş taklifi reytingda ikkinçi örinda qayd etilgan.

Uçinçi örinda körsatilgan murojaat matni şunday boşlanadi:

«Umumiy örta ta'lim maktablarida öquv yili boşidan to oxiriga qadar har çorakda ötkaziladigan ota-onalar yiğilişlarida mablağ yiğiş masalasi muhokama qilinadi. Bu odatiy holga aylanib qolgan. Uşbu salbiy illatga bugun barham berilmasa, kelajakda bolalarimiz maktablarda öqiş örniga, aytilgan mablağni yetkaza olmaganligi uçun öqituvçi va sinfdoşlari oldida izza bölişi, bu esa ularning ruhiy holati va öqişiga bölgan qiziqişining susayişiga olib kelişi mumkin».

Şundan qilib, Jamşid Xoliqov umumta'lim maktablarda öquvçi va ularning ota-onalaridan noqonuniy pul yiğiş holatlariga barham berişni söramoqda.

«Mening fikrim» jamoaviy murojaatlar portaliga joylaştirilgan eng ommabop murojaatlar orasida törtinçi bölib turgan taklif muallifi