Xitoyning Pekin va Tyantszin şaharlari, şuningdek, Xebey provinsiyasi soğliqni saqlaş idoralari şu hafta maxsus qöşma aksiyani işga tuşirdi. U Xitoyda 2022 yilda bölib ötadigan Olimpiya va Paralimpiya öyinlarida çekişga qarşi muhitni yaratişga qaratilgan.

Pekin Kasalliklarni nazorat qiliş va profilaktikasi markazi huzuridagi çekiş bilan kuraş bölimi mudiri Duan Tszyalining "Beytszin tsinnyanbao" gazetasiga aytişiça, "Pekin va Xebey tamaki çekiş bilan kuraş böyiça ta'lim dasturlarini rivojlantiriş hamda tarqatiş, çekişga qarşi muhitni yaratiş uçun aniq standartlarni şakllantiriş, tegişli qonunlar va qoidalarga qat'iy amal qilinişini nazorat etiş böyiça birgalikda işlaydi".

Uning sözlariga köra, çekişdan xoli Olimpiadani ötkaziş uçun törtta standart bor, "birinçidan, barça Olimpiya obektlarida çekiş taqiqlanişi kerak, bunda Olimpiya qişloği atrofidagi restoranlar hamda barlar qamrab olinişi lozim, ikkinçidan, barça obektlarda istalgan tamaki mahsulotining sotuvi taqiqlanişi şart, uçinçidan, barça tablo va ekranlarda Öyinlarni tamakidan xoli ötkaziş siyosati haqida ma'lumotlarni joylaştirib boriş zarur, hamda törtinçidan, bironta ham tamaki kompaniyasi Olimpiada homiysiga aylanişi kerak emas".