Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev 1 iyun kuni Qibray tumanidagi aerodromda amalga oşirilayotgan işlarni borib kördi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bu yerda 2018-2020 yillarda biznes aviatsiyasi uçun zamonaviy aeroport qurilişi belgilangan. Loyihani ikki bosqiçda amalga oşiriş – birinçi bosqiçda 4 kilometrlik uçiş-qöniş yölagi va soatiga 250 yölovçini ötkaziş imkoniyatiga ega terminal barpo etiş, ikkinçi bosqiçda qöşimça infratuzilma obektlari, mehmonxona majmuasi quriş rejalaştirilgan. 

Aeroportda eng katta yuk taşuvçi samolyotlarni qabul qiliş va ularga xizmat körsatiş uçun barça şaroit yaratiladi. Bu mamlakatimiz transport va tranzit salohiyatini yanada oşirib, taşqi savdo rivojiga katta hissa qöşadi. 

Hozirgi kunda bu yerda loyihalaştiriş va umumiy quriliş işlari boşlab yuborilgan. Eski uçiş-qöniş yölagi butunlay olib taşlanmoqda.

Prezident Şavkat Mirziyoyev mazkur işlarni közdan keçirdi. Aeroportda bunyod etiladigan obektlar loyihalarini takomillaştiriş böyiça körsatmalar berdi. 

Foto: Prezident matbuot xizmati

Xorijiy delegatsiyalarni kutib oliş binosi milliy madaniyatimizni, bağrikengligimizni körsatib tursin. Samolyotdan tuşgan odamning kayfiyatini kötaradigan, mehmonlarga va işbilarmonlarga har tomonlama ma'qul keladigan bölsin, dedi Şavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari qurilişda issiq ranglardan köproq foydalaniş, aeroport hududini kökalamzorlaştiriş, drenaj tizimini oqilona yölga qöyiş zarurligini ta'kidladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Mavzuga oid: Toşkent viloyatida yangi aeroport majmuasi qurilmoqda