Tbilisida mamlakat hukumati binosi oldida norozilik namoyişlari ötkazgan fuqarolar vazirlar mahkamasidan iste'foga çiqişni talab qilişdi. Bu haqda «Gruziya. Online» xabar berdi.

Portalda «köp ming sonli miting» iştirokçilari haqida ma'lumot keltirilgan. Ta'kidlanişiça, namoyişçilar mamlakat prezidenti Georgiy Margvelaşvilini mitingda qatnaşişga ham taklif etişdi.

Xabar qilinişiça, Tbilisidagi parlament binosi oldiga yuzlab namoyişçilar kelgan. Bunga Gruziya poytaxtida 2017 yilning dekabrida yuz bergan töqnaşuv vaqtida yoş yigitlarning öldirilişi sabab bölgan. Namoyişçilarning ma'lum qilişiça, qotillikni tergov qiliş obektiv bölmagan, prokuratura esa voqea iştirokçilaridan birining yonini olmoqda, u mahkama sobiq xodimi öğli ekani aytiladi.

Öz navbatida, Gruziya boş vaziri Georgiy Kvirikaşvilining ma'lum qilişiça, namoyişçilar talabiga köra öz lavozimini tark etişdan boş tortadi. Bu haqda hukumat saytida xabar berilgan.

«Men iste'foga çiqişim mamlakatga foyda keltirişiga işonçim komil bölsa, bu haqda bir daqiqaga ham şubhalanib ötirmayman. Biroq, hozir bunday vaziyat emas, bunday vaqt emas. Men uçun mamlakatda barqarorlikni saqlab qoliş va jamiyatimiz tomonidan qöyilgan savollarga tezroq javob beriş muhimroq», - deyiladi Kvirikaşvilining bayonotida.

Amaldorning ta'kidlaşiça, Gruziya IIV mamlakatda namoyişlar ötkazilişiga sabab bölgan ikki ösmirning öldirilişi böyiça iş yuzasidan tergovni yana boşlaydi. Kvirikaşvilining qayd etişiça, u tergovda iştirok etadi va uni şaxsan nazorat qiladi. Şuningdek, uning qöşimça qilişiça, ösmirlarning yaqinlari tergov qanday davom etayotgani haqida barça ma'lumotni oladi.