«Özbektelekom» «Markaziy Telegraf» servis telefon kartalari abonentlari uçun rejalaştirilgan tariflar oşişini bekor qiladi. Bu haqda kompaniya saytida xabar berilgan.
«Xalqaro operatorlar bilan «Özbektelekom» AKning Rossiya va Qozoğiston yönalişi böyiça tariflarni pasaytiriş böyiça erişilgan kelişuvlarga muvofiq, «Markaziy Telegraf» servis telefon kartalari abonentlari uçun 2018 yil 1 iyunga rejalaştirilgan tariflar oşişi bekor qilinadi», - deyiladi xabarda.
Endi eski tariflar saqlanib qoladi: «Markaziy Telegraf» telefon kartalari orqali Rossiya bilan suhbatning 1 daqiqasi 410 söm/min, Qozoğiston bilan esa 425 söm/min.ni taşkil etadi.












