13 iyun kuni FIFA kongressida 2026 yilgi jahon çempionati qayerda bölişini tanlaydi. 

Bu Rossiya-2018 boşlanişiga bir kun qolganda Moskvada oçiq ovoz beriş yöli bilan amalga oşiriladi. Mundiallar tarixida birinçi marta 48 jamoa iştirok etadigan bu musobaqaga mezbonlik qiliş uçun ikki zayavka raqobat olib bormoqda. Birinçisi, Marokaş, ikkinçisi, AQŞ, Kanada va Meksikalarning birgalikda topşirgan arizalaridir. TASS agentligi uşbu nomzodlarning ustunliklari va kamçiliklari haqida materil çop qildi.  

MAROKAŞ

Rejalaştirilgan daromadlar: 7.2 milliard dollar
Rejalaştirilgan foyda: 5 milliard dollar
Biletlar sotuvidan daromadlar: 1.1 milliard dollar
Telehuquqlar böyiça daromad: 3.1 million dollar
Homiylardan kelib tuşadigan mablağlar: 3 milliard dollar
Stadionlarga qilinadigan xarajatlar: 3 milliard dollar
Infrastruktura uçun xarajatlar: 15.8 milliard dollar
Şaharlar: Kasablanka, Marrakeş, Agadir, Fes, Rabot, Tanjyer, Ad-Jadida, Meknes, Nador, Uarzazat, Ujda, Tetuan 

Bu Marokaşning mundialga mezbonlik qiliş uçun beşinçi urinişi böladi. 1994, 1998, 2006 va 2010 yillardagi harakatlar besamar ketgandi. Uşbu muvaffaqiyatsizliklardagi tajribadan kelib çiqib, marokaşliklar inglizlarning Vero Communications kompaniyasi bilan hamkorlikni yölga qöydi. Bu agentlik Qatar-2022, şuningdek, Parij-2024 olimpiadasi uçun mezbonlik strategiyasini muvaffaqiyatli tarzda işlab çiqqan. Bu hamkorlik natijasida 40 ming sahifadan iborat dose işlab çiqildi va yerda infrastrukturadan tortib, inson huquqlari, soliq sistemasiga doir barça ma'lumotlar jamlangan.

Marokaş zayavkasining eng ahamiyatli afzalliklaridan biri mamlakatning joylaşuvidir. Marokaş London bilan bir xil soat mintaqasida joylaşgan, bu esa, Yevropada turnirni tomoşa qilişni qulaylaştiradi, teletranslyatsiyalar huquqining sotilişida muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan taşqari, mundial ötadigan şaharlardan biri Yevropadan atigi 14 km masofada joylaşgan. Albatta, Marokaş öz zayavkasini butun Afrika nomidan bölayotgandek pozitsiyada turibdi, bu ham qit'adagi davlatlarning xayrixohligiga sabab böladi. Umumiy ovozlarning 25 foizi Afrika davlatlaridan kelişini e'tirof etiş kerak. Yana, arab davlatlari ham Marokaşni qöllab quvvatlarini mumkin, misol uçun, Qatar öz ovozini va'da qilib bölgan.